📢“radioda milliy kontent istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiya

📢“Radioda milliy kontent istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiya

2025-yil 13-fevral kuni “U-Enter” innovatsion markazida “Radioda milliy kontent istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Milliy media birlashmasi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, 13-fevral – Butunjahon radio kuni munosabati bilan tashkil etiladi. 🔹 Asosiy maqsadlar: radio eshittirish sohasini qo‘llab-quvvatlash, milliy kontentni rivojlantirish, sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro tajribalarni o‘rganish. 🔹 Ishtirokchilar: O‘zbekiston Milliy media birlashmasiga a’zo 19 ta radiokanal vakillari, xorijiy ekspertlar, davlat idoralari va soha mutaxassislari. 🔹 Muhokama qilinadigan mavzular: radio dasturlarida milliy kontent hajmini oshirish, sifatli axborot bilan ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy eshittirishlarni rivojlantirish, sun’iy intellekt yordamida radiokontent yaratish. 📍 Konferensiya radio sohasining kelajagi, yangi texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.