“fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida media forum davom etmoqda!
Forum doirasida bugun O‘zbekiston Milliy media birlashmasi va Xalqaro Press klub hamkorligida “OAV fuqarolik jamiyati institutlari sifatida: dolzarb vazifalar va istiqbollar” mavzusidagi panel muhokamasiga start berildi. Forum davomida OAVning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni, axborot ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish hamda milliy media muhitini rivojlantirishga doir islohotlar yuzasidan fikr almashiladi. “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida 1–5 dekabr kunlari mamlakat bo‘ylab uchrashuvlar, seminarlar va ochiq muloqotlar davom etmoqda.
Nashr qilingan sana: Dek 02, 2025