“renessans” milliy mukofotiga start berildi!

“Renessans” milliy mukofotiga start berildi!

“Renessans” milliy mukofotiga start berildi! O‘zbekiston Milliy Media Birlashmasi “Renessans” milliy mukofoti uchun nomzodlardan arizalar qabul qilishni boshladi! Milliy mukofotda 2025-yilning yanvaridan oktyabrigacha efirga uzatilgan, dolzarb mavzularni yoritgan, kreativ yondashuv va jamoatchilik e’tiborini qozongan tele va radio loyihalar ishtirok etishlari mumkin. Nominatsiyalar: - Yilning eng yaxshi markaziy telekanali; - Yilning eng yaxshi hududiy telekanali; - Yilning eng yaxshi tonggi teledasturi; - Yilning eng yaxshi teleseriali; - Yilning eng yaxshi bolalar teledasturi; - Yilning eng yaxshi axborot teledasturi; - Yilning eng yaxshi ijtimoiy-siyosiy teledasturi; - Yilning eng yaxshi madaniy-ma’rifiy teledasturi; - Yilning eng yaxshi teledebyuti; - Yilning eng yaxshi markaziy radiokanali; - Yilning eng yaxshi hududiy radiokanali; - Yilning eng yaxshi axborot radiodasturi; - Yilning eng yaxshi madaniy-ma’rifiy radiodasturi; Tanlovda ishtirok etish uchun: - Ariza - Ijodiy ishning elektron variantini O‘zbekiston Milliy Media Birlashmasining rasmiy veb-sayti, (https://t.me/uzmilliymedia) e-xat elektron manziliga (uzmma@exat.uz), e-mail (uzmma1@umail.uz) orqali yuboring. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: O‘zbekiston Milliy Media Birlashmasining ijtimoiy tarmoqlari va rasmiy saytini kuzatib boring! Tel: 71-237-28-30 77-349-43-63 91-020-05-35