O‘zbekiston milliy media birlashmasi hamda xitoyning yetakchi "cctv+" axborot agentligi o‘rtasida muhim shartnoma imzolandi
Shartnomani O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Bosh direktori Abduaziz Abutalipov hamda Xitoyning yetakchi "CCTV+" axborot agentligi direktori Li Sya xonim imzoladilar. Ushbu kelishuv doirasida: yangiliklar almashuvini yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, media sohasida tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish belgilab olindi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy OAVlari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro axborot makonida faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Nashr qilingan sana: Sen 18, 2025