O‘zbekiston – xitoy media hamkorligi yangi bosqichda!
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Bosh direktori Abduaziz Abutalipov Xitoyning yetakchi axborot agentligi "CCTV+"ga tashrif buyurdi. Mediatur doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "CCTV+" axborot agentligining rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur muloqot ikki davlat media makonida yangidan-yangi hamkorlik eshiklarini ochib, xalqaro axborot maydonida samarali hamkorlik qilish imkonini beradi.
Nashr qilingan sana: Sen 18, 2025