Xitoy va o‘zmmb o‘rtasida yana bir kelishuvga erishildi

Xitoy va O‘zMMB o‘rtasida yana bir kelishuvga erishildi

Bugun O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Bosh direktori Abduaziz Abutalipov hamda Xitoyning Markaziy Osiyo ta’limi va gumanitar almashinuv tadqiqot markazi ilmiy xodimi Chen Vey o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va axborot sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Kelishuv doirasida qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy almashinuv dasturlari va media hamkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Xitoy va O‘zMMB o‘rtasida yana bir kelishuvga erishildi