“media mansarda - 2025” loyihasi doirasidagi navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi

“Media Mansarda - 2025” loyihasi doirasidagi navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi

Bugun 16-sentyabr sanasida Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan “Media Mansarda - 2025”loyihasi doirasida “Hududiy telekanallarda dasturlar almashinuvini texnik jihatdan takomillashtirish” mavzusida a’zo hududiy telekanal xodimlariga Zoom platformasi orqali onlayn seminar trening boʻlib oʻtdi. Seminar-treningda Radioaloqa va radioeshittirish hamda televideniye markazi mutaxassislari Aziz Shermuxammedov, Dilmurod Qurbonov va Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Sirojiddin Usmonovlar spiker sifatida ishtirok etishdi.