O‘zmmb va xitoyning “changnan” kompaniyasi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Bugun O‘zbekiston Milliy media birlashmasi va Xitoyning “Changnan” kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir avvalida mehmonlarga birlashmaning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, xususan, investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Nashr qilingan sana: Avg 27, 2025