Oʻzbekiston milliy media birlashmasi raisi sherzodxon qudratxoʻja "o'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" faxriy unvoni bilan mukofotlandi!

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi raisi Sherzodxon Qudratxoʻja "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" faxriy unvoni bilan mukofotlandi!

"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi raisi, Xalqaro Press-klub asoschisi, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Qudratxo'ja Sherzodxon Tojiddinxon o'g'li "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Bu yutuq – nafaqat ustozimiz va Boshqaruv raisimiz, balki butun media hamjamiyatimiz uchun katta e’tirofdir. Chunki bu mukofot jurnalistikadagi fidoyilik, haqiqatga sadoqat va yuksak mahoratning munosib qadrlanishidir!