Kunning ikkinchi uchrashuvi!
Joriy yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Milliy media birlashmasi hamda Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasining Toshkentdagi offisi o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli va tizimli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Nashr qilingan sana: Avg 22, 2025