“va’da” seriali taqdimoti

O‘tgan yilning aprel oyida O‘zbekiston Milliy media birlashmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Kinematografiya agentligi milliy kontent yaratish bo‘yicha memorandum imzolagan edi. Ushbu hamkorlik asosida “Va’da” serialining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Renessans” telekanali va “Liger Cinema” kinokompaniyasi hamkorligida Milliy gvardiyaning “Temurbeklar maktabi”dagi o‘quvchilar hayoti va ta’lim jarayoniga bag‘ishlangan 60 qismli badiiy serial yaratildi. “Va’da” — harbiy melodrama janrida ishlangan, komediya elementlariga boy serial bo‘lib, kursantlarning qiyinchiliklari, orzu-intilishlari, muvaffaqiyatlari, do‘stlik va Vatanga muhabbat haqida hikoya qiladi. Ushbu serial yoshlarning hayoti va intilishlarini aks ettirib, ta’lim va vatanparvarlikning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.



Nashr qilingan sana: Yan 07, 2025