O‘zbekiston milliy media birlashmasi va "un women" tashkiloti oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 20 avgust kuni O'zMMB Bosh direktori Abduaziz Abutalipov va "UN Women" tashkilotining O'zbekistondagi vakili Jeren Guren Guves bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va istiqboldagi loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Nashr qilingan sana: Avg 20, 2025