Bu faqat boshlanishi!
“Navqiron jurnalistlar” media oromgohi doirasida tashkil etilgan “Gender sezgir va inklyuziv media kontent yaratish”media-treningining 1-kuni iliq muhit, jonli bahs-munozaralar va foydali bilimlarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar gender tengligi, stereotiplar va ularni yengish yo‘llari, shuningdek, media orqali ijtimoiy o‘zgarishlarga qanday hissa qo‘shish mumkinligi haqida nazariy va amaliy bilimlar oldilar. Qizg‘in muhokamalar, ishtirokchilarning samimiy hissiyotlari va o‘zaro tajriba almashish jarayonidan lavhalar.
Nashr qilingan sana: Avg 15, 2025