“oav haftaligi”ning ikkinchi kuni — muhim muhokamalar va istiqbolli tashabbuslar
2025-yil 27-iyun kuni Toshkent shahridagi “U-enter” innovatsion markazida “OAV haftaligi” doirasidagi tadbirlarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy Media Birlashmasining umumiy yig‘ilishi tashkil etildi. Unda birlashma a’zolari va media sohasi vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi: - xalqaro axborot yoritilishining dolzarb yo‘nalishlari; - hududiy telekanallarning texnik imkoniyatlari va mavjud muammolari; - “MediaPlatforma.uz” loyihasining joriy holati va rivoj istiqbollari; - ommaviy axborot vositalarining reyting tahlillari; - jurnalistlar huquqiy himoyasiga qaratilgan “Yuridik klinika” loyihasi faoliyati. Yig‘ilish ochiq muloqot, taklif va tashabbuslarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar soha taraqqiyoti yo‘lida hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.
Nashr qilingan sana: Iyn 27, 2025