“bugun va kelajak jurnalistikasi” mavzusidagi 4 kunlik trening nihoyasiga yetdi
O’zbekiston Milliy media birlashmasi hamda Konrad Adenaur fondining O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda jurnalist Rene Falkner trenerligi ostidagi “Bugun va kelajak jurnalistikasi” mavzusidagi trening yakunlandi. “Konrad Adenauer fondining O’zbekistondagi vakolatxonasi birlashmaning strategik hamkori hisoblanadi. Birlashma yoshlar va mediaga doir shu kabi loyihalarni doimo qo’llab quvvatlaydi”,- deydi O’zMMB Bosh direktori Abduaziz Abutalipov. “Ushbu trening hammaga foydali bo’ldi deb o’ylayman. Ishonamanki, keyingi faoliyatimizda O’zbekiston Milliy media birlashmasi bilan bundan ham ko’p loyihalarni amalga oshiramiz”,- deya ta’kidladi vakolatxona rahbari Andre Algermissen.
Nashr qilingan sana: May 30, 2025