O‘zbekiston milliy media birlashmasi va bmtning loyiha xizmatlari bo‘yicha agentligi (unops) o‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida O‘zbekiston Milliy media birlashmasi va BMTning Loyiha xizmatlari bo‘yicha agentligi (UNOPS) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yan Filipp Klever o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi tashkilotlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Xususan, media va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlik qilish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv konstruktiv va samarali ruhda o‘tdi. Tomonlar erishilgan kelishuvlar O‘zbekistonda media sanoati va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muvaffaqiyatli tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratishiga ishonch bildirdilar.

Nashr qilingan sana: Mar 18, 2025