“yangi o‘zbekiston ayoli” mavzusidagi i xalqaro konferensiya

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar media klubi” doirasida xalqaro konferensiya va “Media QUIZ” o‘tkaziladi. O‘zbekiston Milliy media birlashmasi qoshidagi Ayollar media klubi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston ayoli” mavzusidagi I xalqaro konferensiya tashkil etiladi. Tadbirda zamonaviy o‘zbek ayolining jamiyatdagi o‘rni, erishgan yutuqlari va kelajakdagi imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba va innovatsion rivojlanish yo‘nalishida fikr almashiladi. Shu kuni media sohasiga qiziquvchilar uchun “Media QUIZ” intellektual musobaqasi ham o‘tkaziladi. Ishtirokchilar media va kommunikatsiya sohasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazib, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
Nashr qilingan sana: Mar 13, 2025