Birlashish nuqtasi

03.05.2025 11:00 .
Birlashish nuqtasi
«Birlashish nuqtasi» forumi so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro maydonchadir. Tadbir turli OAV va media soha vakillarini milliy taraqqiyot g‘oyasi atrofida birlashtirib, so‘z erkinligining ijtimoiy va davlat taraqqiyotidagi ahamiyatini muhokama qiladi. Forum doirasida milliy axborot makonini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar, jumladan sun’iy intellektdan foydalanib innovatsion media kontent yaratish hamda nodavlat tele-radio kanallarining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Forum davlat va nodavlat OAV, mahalliy hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar o‘rtasida ochiqlik va shaffoflik siyosatini amalga oshirish uchun hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur tadbir so‘z erkinligini targ‘ib qilish, axborot sohasini xalqaro standartlarga moslashtirish, demokratik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatdagi media makon sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.