Ayollar media klubi

Ayollar media klubi — bu media sohasida faol ayollarni birlashtirishga qaratilgan platforma bo‘lib, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Klub faoliyati doirasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Oilalarni mustahkamlash va ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
Ayollarning huquqiy savodxonligini va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Jamiyatda ayollarga nisbatan mavjud salbiy stereotiplarni kamaytirish;
Ayollarning madaniy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash;
Media va ijtimoiy tarmoqlarda ayollar haqida ijobiy va motivatsion kontentni keng yoritish;
Gender tengligini mustahkamlash va inklyuzivlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.