“Ommaviy axborot vositalari haftasi”

27.06.2024 11:00 .
“Ommaviy axborot vositalari haftasi”
“OAV haftaligi” — bu har yili 27-iyun kuni nishonlanadigan Butunjahon ommaviy axborot vositalari kuni arafasida va shu munosabat bilan tashkil etiladigan keng ko‘lamli professional tadbirlar turkumidir. Loyiha bir hafta davomida jurnalistika, mediatexnologiyalar va axborot makoni rivojiga oid dolzarb masalarga bag‘ishlangan mavzuli konferensiyalar, strategik panel muhokamalari, davra suhbatlari, interaktiv sessiyalar, ta’limiy mahorat darslari va taqdimotlar bilan boyitilgan. “OAV haftaligi”ning asosiy maqsadi — jurnalistika sohasi vakillari, davlat va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratish, zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolari, raqamli innovatsiyalarni joriy etish, sifatli milliy kontent yaratish istiqbollari, so‘z erkinligi, axborot xavfsizligi, mediama’rifat hamda OAVning barqaror ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni kabi muhim masalalarni muhokama qilishdir. Dastur keng auditoriyani qamrab oladi: jurnalistlar, muharrirlar, media tashkilotlar rahbarlari, blogerlar, startapchilar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, sohaga oid mutaxassislar va investorlar. “OAV haftaligi” nafaqat professional forum, balki hamkorlik, tajriba almashuvi va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida yangi g‘oyalarni shakllantirish maydoniga aylanadi.