Omonulla Ubaydullayevich Burxanov

Bosh direktor o‘rinbosari

Omonulla Ubaydullayevich Burxanov
1961-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini xorijda arab tili tarjimoni sifatida boshlagan. Universitetni tugatgandan so‘ng, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan. Milliy teleradiokompaniyada ishlagan davrida turli yillarda «Toshkent» bosh muharririyati, «Xalqaro» telekanali, «Do‘stlik» bosh muharririyati, «Sport» telekanali, «O‘zbektelefilm» studiyasi, «Oilaviy» telekanali bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Milliy xavfsizlik kengashi apparatida ishlagan. Jurnalistik faoliyatini Matbuot xizmati rahbari lavozimida SP OOO “Jizzakh Petroleum” kompaniyasida davom ettirgan. 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Milliy media birlashmasining Xalqaro bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2022-yildan hozirgi kungacha – Bosh direktor o‘rinbosari.